IBN
IBN (Arabcha) — ayrim Sharq xalqlarida erkak ismlari tarkibida keluvchi so’z. O’tmishda Turkiston xalqlari o’rtasida ham qo’llanilgan. O’g’li ma’nosini ifodalaydi. Masalan, Ahmad ibn Muhammad — Muhammad o’g’li Ahmad. Ibn izzat-hurmatini ifodalash uchun (masalan, Ibn Sino, Ibn Battuta) yoki shaxsning avlod-ajdodlarini ta’kidlash, sanab ko’rsatish uchun (masalan, Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniy) ham xizmat qilgan.