IBN FAZLON AHMAD IBN ABBOS

IBN FAZLON AHMAD IBN ABBOS (10-asr) — Arab sayyohi, tarixchisi. 921-922 yillarda abbosiylar xalifasi Muqtadir elchilari tarkibida kotib si- fatida Buxoro va Xorazm orqali Volga bulg’orlari podshohi huzuriga sayohat qilgan. Sayohat tavsifi, shuningdek, Xorazm, o’g’uzlar, boshqirdlar, bulg’orlar, ruslar va boshqalar haqida boy folklor-etnografik ma’lumotlar keltirilgan kitob yozgan. Ibn Fazlon kitobining dastlabki matni yo’qolgan. 13-asrdayoq Arab olimi yoqut Hamaviy tomonidan foydalanilgan, qisqartirilgan tahriri Mashhad shahrida topilgan (1923). Ad.: Kovalevskiy A. P., Kniga Axmeda Ibnfadlana o ego puteshestvii na Volgu v 921-922 gg., Xarkov, 1956; Pu- teshestvie Ibnfadlana na Volgu, M. — L., 1939.