IBN MUQLA
IBN MUQLA (to’liq ismi Abu Ali Muqammad binni Ali binni alHasan ibn Muqla, 886-940) — mashhur xattot, tilshunos olim, davlat arbobi. Arab yozuvini isloh qilib, harflarning o’zaro mutanosibligini yaratgan. Kufiy xati asosida Arab yozuvining muhaqqaq, suls, rayhoniy, nasx, tavqe, riqo, ta’liq kabi asosiy xat usullarini ixtiro qilgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, Arab alifbosidagi nuqta (harakat) lar ham Ibn Muqla tomonidan kiritilgan. Bu, o’z navbatida, qadimgi yozma yodgorliklarni xatosiz to’g’ri o’qish imkonini bergan. 16-asr adibi kozi Ahmadning «risola oid ba xattoton va Naqqoshon» («xattotlar va naqqoshlar haqida risola») asarida Ibn Muqla haqida, uning mohir kotibligi haqida muhim ma’lumotlar keltiradi. Hayoti og’ir kechgan (o’ng qo’li kesib tashlanganda, chap qo’li bilan yoza boshlagan) Ibn Muqla fojiali halok bo’lgan. Ad.: Murodov A., O’rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan, T., 1971.