«IBN SINO» («Avisenna»)

«IBN SINO» («Avisenna») — ilmiy-amaliy xalqaro jurnal. Ibn Sino xalqaro jamg’armasining nashri. 2000 yildan Toshkentda bir yilda 4 marta o’zbek, ingliz, rus tillarida nashr etiladi. Jurnalning asosiy vazifasi Ibn Sino shaxsiyati, uning mashaqqatli hayot yo’li, sermazmun ijodi hamda sinoshunoslik sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijalari bilan o’quvchilarni tanishtirish, olim ilmiy merosining hozirgi zamon fani va amaliyotiga ijobiy ta’sirini yoritib borishdan iborat. Adadi 1000 nusxa (2002).