IBROHIM MIRZO

IBROHIM MIRZO, Ibrohim Sulton Abulfath (1 394— 1435.4.5) — Balx va Toxariston (1409— 15) hamda Erondagi Fors o’lkasining hokimi (1415-35), shoir, adib, Hirot xattotlik maktabining yirik vakili. Temuriylardan, Shohruxning ikkinchi o’g’li. Onasi — To’ti begim. Amir Temurning xotini tuman og’o begim tarbiyasiga topshirilgan. Ibrohim Mirzo ilm-fanga, san’atga homiylik qilgan, mamlakat obodonchiligida bosh-qosh bo’lgan. Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarini Ibrohim Mirzoning topshirig’i bilan yozgan. Ibrohim Mirzo Sherozda va mamlakatning boshqa shaharlarida binolar qurdirgan. Ibrohim Mirzo olti xil xatda tengi yo’q xattot bo’lgan. Shuning uchun ayrim masjid va madrasalar peshtoqiga o’z qo’li bilan kitobalar ham yozgan.