IBROHIM OTA MAQBARASI
IBROHIM OTA MAQBARASI — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (15— 17-asrlar). Rivoyatlarga ko’ra, Xo’ja Ahmad Yassaviyning otasi Ibrohim ota mozori (qabri) ustiga qurilgan deb taxmin qilinadi. Maqbara (tarhi 6,7×9,34 metr, balandligi 4,5 metr) bir xonali, oldi peshtoqli (balandligi 5,65 metr), gumbaz tomli. Tarzlari bezaksiz, ichkarisi ganch suvoq qilingan. Poliga g’isht yotqizilgan. Eshik tepasidagi tuynukka panjara ishlangan. Maqbaraning g’arbida yer sathidan 1,5 metr chuqurlikda chillaxona ham bor. Maqbara keyingi asrlarda bir necha marta ta’mir qilingan.