IBROHIMOV AHMAD POCHCHAYEVICH
IBROHIMOV AHMAD POCHCHAYEVICH (1928.12.12, Turkiston) — biokimyo- gargenetik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (2000), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1989), biologiya fanlari Doktori (1966), professor (1969). Toshkent farmatsevtika institutini tugatgan (1950). Samarqand qishloq xo’jaligi instituti organik va biologiya kimyo kafedrasida dotsent, kafedra mudiri (1954-57). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari (1967-71), ayni vaqtda nuklein kislotalar laboratoriya mudiri (1967 — 76), 1996 yildan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti (1997 yildan Genetika va o’simliklar eksperimental biologiyasi instituti) da g’o’za molekulyar genetikasi laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari g’o’za turlari va navlarida oqsil va nuklein kislotalar biosintezining molekulyargenetik xususiyatlari, g’o’zaning vertisillyoz viltga chidamligini oshirishning nazariy masalalariga bag’ishlangan. As: Molekulyarnogeneticheskie osobennosti ustoychivosti xlopchatnika k viltu. T., 1978; biosintez Belkov i nukleinovix kislot xlopchatnika v ontogeneze, T., 1986.