ICHAK SHIRASI

ICHAK SHIRASI — ichak shilliq pardasining bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi; rangsiz yoki och sariq suyuqlik, ishqoriy xususiyatga ega. Ovqatning ichak devoriga ta’sir etishi natijasida va ba’zi kimyoviy moddalar ta’sirida vaqt-bevaqt ajralib turadi. Bir sutkada 2,5 l gacha Ichak shirasi ajraladi; u quyuq va suyuq qismlardan iborat bo’lib, katalitik faollikka ega. Ichak shirasi tarkibida uglevod, yog’va oqsillarni parchalaydigan 20 dan ortiq turli fermentlar: aminopolipeptidaza, dipeptidaza, lipaza, nukleaza, amilaza va boshqalar bor. Ingichka Ichak shirasi ovqatni hazm qilishda katta ahamiyatga ega.