ICHKI SIYOSAT

ICHKI SIYOSAT — ijtimoiy munosabatlarni boshqarish borasida davlat, hukmron partiyaning faoliyati. u yoki bu davlat, hukmron partiyaning mamlakat ichida olib boradigan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy va boshqa sohalardagi amaliy faoliyati, harakat yo’nalishlari. Ichki siyosatning mazmuni va yo’nalishi boshqaruv usuli, davlatning ma‘muriy–hududiy bo’linishi, siyosiy yetakchilarga bog’liq.