IDORA

IDORA — 1) ma‘lum bir ijtimoiy, davlat, xo’jalik, savdo va turli tarmoqlarni boshqarish uchun shtatli xodimlari va ma‘muriyati bo’lgan tashkilot, muassasa, boshqarma va ular o’rnashgan bino. Masalan, xo’jalik Idorasi., Idora xizmatchilari; 2) belgili tartibda boshkarib, yo’lga solib borish, boshqarish tartibi. Masalan, Idora usuli, Idora qilmoq.