Ifloslanish bilan qay tariqa kurashish mumkin?
Birinchidan, atrof muhitga zarar yetkazadigan mahsulotlarni ishlab chiqarmaslik va sotmaslik kerak. Masalan, tarkibida atrof muhit uchun zararli freon gazi bo’lgan aerozollar, dezodorantlar va boshqa purkaluvchilarni. Ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilishdan borgan sayin voz kechish atrof muhitga katta foyda keltiradi. Atmosfera uchun kamroq zararli bo’lgan tabiiy mahsulotlardan istifoda etish ham ancha oqilona tadbirdir. Agar mahsulotlarda saqlanish muddati ko’rsatilmagan bo’lsa, ularni iste’mol qilmangiz. Nimanidir xarid qilishdan oldin nimani sotib olayotganingizni va u yoki bu mahsulot tarkibida qaysi moddalar borligini aniqlab olingiz. Bugungi kunda tayyorlovchilar zimmasiga mahsulotni tarkib toptiruvchilarni o’ramada ko’rsatish majburiyatini yuklaydigan qonunlar qabul qilindi. Ba’zida odamlar judayam oshirishadi va ko’chaning narigi adog’ida joylashgan pochtaga qadar borish uchun avtomobilga chiqishadi. Nega endi o’sha joygacha piyoda yoki velosipedda borishmaydi? Shaharda siz mashinada borgandan ko’ra, xususan tiqilinch soatlarda, velosipedda tezroq yetib borishingiz mumkin. Velosipedni tegishli joyga qo’yish oson, buning uchun sizdan haq ham talab qilishmaydi. Odamlar shuningdek axlatni ko’mib tashlash o’rniga uni yoqib yuborish haqida ham o’ylab ko’rishgan. Shu tarzda, axlat kuydirish uchun zavodlar qurilgan. Ular qayta ishlaydigan axlat yo’llar qurilishi va ayrim tovarlarni ishlab chiqarish uchun xom ashyoga aylanadi. Agar biz bir yoqadan bosh chiqarib tabiatni asrashga va saqlashga intilsak, bizning dunyomiz o’zimiz begonlashib qolgan avvalgi chiroyini va musaffoligini qaytadan tiklashi muqarrardir.