Ihota daraxtzorlari
Ihota daraxtzorlari, dala ihota o`rmonzorlari — ekinlarni shamol, bo`ron, garmsel va boshqalardan, temir yo`lni qor, qum bosishidan himoya qiladigan daraxtzorlar. Ihota daraxtzorlari shamol tezligini kamaytiradi, tuproqni yuvilishdan, namini bug`lanishdan saqlaydi. Ihota daraxtzor asosan dub, oq akatsiya, jiyda, saksovul, sayrag`och, gledichiya, aylant va boshqalardan iborat bo`ladi. Sug`oriladigan hududlarda ihota daraxtzorlari uchun daraxtlar ko`pincha ariq bo`ylariga, ekinlarning cheti va yo`l yoqalariga o`tqaziladi. Ihota o`rmonlari – ekinlarni cho`llarning quruq shamollaridan, unumdor yerlarni ishdan chiqarilishidan himoya qilish uchun tashkil etilgan o`rmonlar.