IJARA

IJARA (arab) — mustaqil xo’jalik yuritish yoki boshqa biror faoliyatni amalga oshirish maqsadida yer, suv, korxona va boshqa mulkka egalik qilish hamda vaqtincha foydalanish uchun to’lanadigan muayyan haq. Ijara mulkka egalik huquqini o’zgartirmaydi. Ijara obyektlari iste’mol qilinmaydigan har qanday buyumlar (ashyolar), shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, alohida binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulklar kiradi (muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo’lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).