IJARA

IJARA (arab. ijora) — 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini tapqalgan davlatlarda yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer egasining haqini pul bilan to’lash. Ijarachi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va hatto davlat bo’lishi mumkin. Mehnat jamoalari o’z korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan Ijara shartnomasiga binoan asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalarini ma‘lum muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va qo’shimcha daromadga erishish maqsadida oladi.