IJARA SHARTNOMASI

IJARA SHARTNOMASI, mulk ijarasi shartnomasi — fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko’ra, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol- mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Ijara shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo’ljallangan bo’lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo’lgan hollarda esa — muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko’chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ruyxatidan o’tkazilishi lozim. Ijara shartnomasida mulk huquqining kelgusida ijarachiga utishi nazarda tutilgan bo’lsa, u bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun mo’ljallab, unda belgilangan muddatga tuziladi. Mulk ijarasi muddati shartnomada belgilanmagan bo’lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni — bir oy oldin, ko’chmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin (O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 535, 539-540-moddalar).