IJMO
IJMO (Arabcha — yakdillik, yakdillik bilan qabul qilingan qaror; ijmo al-Umma — diniy jamoaning yagona fikri) — Qur’on va hadislarda aniq ko’rsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning to’planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Shariat dasturlariga keyinchalik kiritilgan 3-manba. Shariatda shunday yo’l bilan chiqarilgan hukm shar’iy (qonuniy) deb qabul qilingan. Ijmoga shariat manbai sifatida qarash Arab xalifaligi (8-asr oxiri — 9 -asr)da kelib chiqqan.