«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI — nashriyot. 2000 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi boshqaruviga qaraydi. «Gulxan», «G’uncha», «klass», «tong yulduzi», «Sog’lom avlod», «Zerkalo XXI» gazet va jurnallarining nashriga homiylik qiladi. Bundan tashqari, badiiy asarlar, darslik, o’quv qo’llanmalari, risolalar nashr etadi.