IJTIMOIY GURUHLAR

IJTIMOIY GURUHLAR — muntazam ravishda bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim Ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, etnik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va h.k.) ham Ijtimoiy guruhlarga kiradi, chunki ularning jamiyatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liqdir. Bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi, ijtimoiy psihologik xususiyatlari o’xshash, maqsad va qadriyatlari umumiy bo’lgan kishilar ham alohida Ijtimoiy guruhlarni tashkil etadi. Odamlar o’z hayotining ko’p qismini guruhlardagi muloqotlarda o’tkazadi. Hozir jamiyatdagi odamlarning aksariyati ko’pdan-ko’p turli guruhlarga mansubdir.