IJTIMOIY INFRATUZILMA

IJTIMOIY INFRATUZILMA — aholining turmush faoliyati, uning farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi turli muassasa va obyektlar majmuyi. Masalan, ta’lim muassasalari, dam olish va davolanish maskanlari, uy-joy, kommunal va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari, tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti, yo’lovchi transporti va boshqalar.