IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR

IJTIMOIY-IQTISODIY EHTIYOJLAR — kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuyi. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir.