IJTIMOIY NE’MATLAR
IJTIMOIY NE’MATLAR — aholining ma’lum bir guruhlari yoki butun jamiyatga taqdim etiladigan tovarlar va xizmatlar, chunki ularni bo’laklarga bo’lib alohida shaxslarga sotish mumkin emas. Ular faqat jamoa tomonidan iste’mol qilinishi mumkin, xolos. Huquqiy tartib, davlat mudofaasi, atrof-muhitni asrash, ijtimoiy dasturlar va shu kabilar ular tarkibiga kiradi.