IJTIMOIY SUG’URTA

IJTIMOIY SUG’URTA – davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko’rsatish tizimi. Ijtimoiy sug’urta kutilmagan ijtimoiy hodisalar turlari (kasallik, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, nogironlik, keksalik, homiladorlik, o’lim hollari), hududiy doirasi (davlat sug’urtasi, mahalliy darajadagi, kasb-tarmoq, xalqaro) bo’yicha turkumlanadi, ko’ngilli va majburiy turlarga bo’linadi. Davlat Sug’urta jamg’armasi, shuningdek, jamoa va xususiy jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi.