IKKI MAROTABA HISOBLASH

IKKI MAROTABA HISOBLASH — milliy ishlab chiqarishning hajmini o’lchayotganda, bir tovar (xizmat) qiymatining ikki martadan hisobga olinishi. Bunday hoi oraliq tovarlar qiymati qo’shib hisoblaganda ro’y beradi. Chunki iqtisodiyotning alohida bo’g’inlari (tarmoq, korxona) da ayrim mahsulotlar yoki ularning qismlari xom ashyo materiallar sifatida bir necha tarmoq korxonalarida ishlab chiqarishga xizmat qiladi. Shu sababli unda takroriy hisoblash mavjud bo’ladi. Uning oldini olish uchun yalpi milliy mahsulot (YaMM) hisobotida oraliq mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi.