IKKI NUQTA

IKKI NUQTA — tinish belgisi. Ustma-ust qo’yiladigan ikki nuqtadan (:) iborat bo’lib, asosan, quyidagi hollarda qo’yiladi: 1) uyushiq bo’laklar oldidan qo’llanadigan umumlashtiruvchi bo’lakdan so’ng (mas, yig’ilib keldi butun qishloq: keksa-yu yosh, erkagu ayol); 2) bog’lovchisiz qo’shma ran tarkibidagi gaplarni ajratishni ko’rsatish uchun (yakun qildim: ko’z yoshlariga ikki bois bor ekan asli); 3) ko’chirma gapdan oldin qo’llangan muallif gapidan so’ng (u o’yladi: shunday vaziyatda nima qilishim kerak?) va boshqalar.