Ikki tabaqalilar

Ikki tabaqalilar, ikki pallali molluskalar, plastinka jabralilar — chig’anoqli molluskalar sinfi. Chig’anog’i ikki tabaqali. Ba’zi turlarida mantiya bilan chig’anoq o’rtasida marvarid rivojlanadi, ayrimlarining chig’anog’idan sadaf olinadi. Go’shti yeyiladigan turlari ham bоr. Suv havzalari tubida yashaydi.