Ikki yoqli burchak

Ikki yoqli burchak — umumiy bir to’g’ri chiziqdan chiqadigan ikki yarim te- kislik to’plami. Umumiy to’g’ri chi-ziq I. yo. b. qirrasi, yarim tekisliklar esa I. yo. b. yoklari deb ataladi. Qirrasi /, yoklari a va r bo’lgan I. yo. b. bunday belgilanadi: ot/r yoki <(a, R) yoki <(/) Agar I. yo. b.ning ikkala yog’i uning qirrasi b-n birga bit- ta tekislikni tashkil qilsa, bunday bur- chak yoyiq burchak deyiladi. Burchak tekis- likni ik-kita soqaga bo’lgani kabi yoyiq burchakdan farq qiluvchi I. yo. b. fazoni ikki-ta sohaga ajratadi, ulardan biri qavariq, ikkinchisi qavariq emas. Odat- da, fazoning qavariq sohasi I. yo. b.ning ichki sohasi, qavariqmas sohasi esa tash- ki sohasi deb ataladi. Agar ichki soxa uchun qavariq soha qabul qilinsa, u holda I. yo. b. yoyiq burchakdan kichik deyiladi. Agar ichki soha uchun qavariq bo’lmagan soha qabul qilin-sa, I. yo. b. yoyiq burchak- dan katta yoki ki-ruvchi ikki yoqli burchak deb ataladi. I. yo. b.ning qirrasiga Per- pendikulyar bo’lgan tekislik uni I. yo. b.ning chi-zikli burchagi deb ataladigan burchak bo’yicha kesib o’tadi. Chizikli bur- chagi to’g’ri burchak bo’lgan I. yo. b. to’g’ri I. yo. b. deb ataladi.