Ikkilamchi xom ashyo, ikkilamchi resurslar
Ikkilamchi xom ashyo, ikkilamchi resurslar— dastlabki to’liq foy- dalanish (eskirish)dan so’ng i.ch.da asosiy xom ashyo tarzida qayta ishlatilishi mum- kin bo’lgan materi -allar va buyumlar, i.ch. va maishiy is-te’mol chiqindilari. Ularning eng muhimlari: temir-tersa- klar, qora, rangli va kimmatbaho me- tallar chiqindilari; ishlatilgan sur- kov moylari, yaroqsiz detallar, qog’oz qiyqimlari va makulatura, to’qimachilik buyumlari, laxtaklar, to’zigan avtomo- bil shinalari va b. Chiqindilarning bir qismidan qayta ishlovsiz, ikkinchi qismidan qayta ishlovdan so’ng foyda- laniladi. I.x.a.dan foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Mas, temir- tersak qoldig’ini to’plash va qay-ta ish- lash metallni rudadan ishlab chiqarishga qaraganda 25 marta arzonga tushadi. Resu- relar cheklangan sharoitlarda qo’shimcha resurelar manbai bo’lgan I.x.a.dan foy- dalanish i.ch. samadorligini oshirish- da g’oyat zarur va iqtisodiy maqsadga muvofiq hisoblanadi. O’zbekistonda I.x.a.ni yigish, tayyorlash, saralash, dast- labki ishlov berish b-n shug’ullanadigan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tash- kil qilingan. Bekobod sh.dagi Metallur- giya z-Di to’plangan chiqindi temir-tersa- klar bazasida ishlaydi. Qodirjon Yusupov.