IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTISH

IKKIYOQLAMA SOLIQQA TORTISH-1. Turli soliqlarning daromad (kapital) ning yagona manbayidan olinishi. 2. Qo’shma korxona xorijiy ishtirokchisining foydasini xorijga o’tkazilayotgan paytda soliqqa tortish va xuddi shu foydaning xorijiy ishtirokchi mamlakatida soliqqa tortilishi. 3. Sof foyda (daromad), (korporatsiyalar foydasi) va undan to’lanadigan dividendlami ular shaxsiy daromadga aylanayotgan paytda soliqqa tortish. Boshqa mamlakatda to’langan soliqlarni bu mamlakatda hisobga olish yoki bir mamlakatdagi soliqqa tortish manbayini ikkinchi mamlakatda soliqqa tortishdan ozod qilish yo’li bilan ikki marta soliqqa tortishdan qutulish mumkin. 1979-yilda BMT tomonidan manfaatdor davlatlar o’rtasidagi munosabatlarda ikki marta soliqqa tortishga barham berish uchun maxsus konvensiya ishlab chiqilgan bo’lib, uning asosida ikki tomonlama bitimlar imzolanadi. Ular tomonidan o’matilgan soliqqa tortish tartibiga ko’ra qo’shma korxona xorijiy ishtirokchisi o’z foydasini xorijga o’tkazayotgan paytda qo’shimcha soliqdan ozod qilinadi.