Ikonoskop
Ikonoskop (Yun. eikon — tas- vir va … skopiya) — tasvirni uzatuvchi dast-labki televizion trubkalardan biri. Ishi optik tasvirlarni televizi- on signallarga aylantirish uchun elektr zaryadlarni to’plashga asoslangan. I.ni 1931 y.da rossiyalik S. I. Kataev va Ame- rikalik V. K. Zvorikin bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilishgan. I. birinchi marta tasvirni bevo-Sita uza- tishga imkon bergan. I.da yorug’lik oqimi ob’ektidan (optik tizim orqali) yorug’lik sezgir nishon — mo-zaikali slyuda PLA- stinkaga tushib, uning sirtida elektr zaryadlarini tegishlicha. tarqatadi, ya’ni potentsial relef hosil qiladi. Nishon bir-biridan izolyasiyalangan bir necha mln. dona mitti fotokatodlardan ibo- rat. Uning ikkinchi tomoniga metall pat- lami (signal plastinka) surkalgan. Har bir fotokatod shu plastinka b-n bir- galikda kondesatornp tashkil qiladi. Elektron-nur nishondagi mozaikani ma’lum tartibda aylanib o’tib, har bir kondensatorni zaryadsizlaydi. Natijada tasvirning yoritilganligiga mos kuchla- nishga ega bo’lgan elektr signallar xreil bo’ladi, bular kuchaytirgichga uzatiladi.