Ikrom domla, Mulla Ikromcha
Ikrom domla, Mulla Ikromcha (taxalluslari; asl ismi Muhammad Ikrom ibn Abdusalom, 1847 — Buxoro — 1925) — Buxorodagi taraqqiyparvar ulamolardan, mufti va mudarris. Bu- xoro madrasalarida tahsil olgan. Ahmad Donishning ma’rifatparvarlik g’oyalariga qo’shilib, madrasalardagi ta’lim tizimini tanqid qilgan, uni isloh kilish yo’llarini ishlab chiqqan. 20-a. boshlarida mufti sifatida Buxo- rodagi jadid — yangi usul maktabla- Rink mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimiychilarning guruxlaridan himoya qilgan. «Bedorin xobidagan va ogahi nodonon» («uyqudagilarning uyg’onishi va nodonlarning ogoh bo’lishi», 1910) risolasida Buxorodagi amirlik tuzu- midan norozilik kayfiyatlari aks etti- rilgan. Ushbu risoladan so’ng I. D. Bu- xorodan surgun qilinib, Peshkuga qozi qilib jo’natilgan (1912-14). Buxoroda 1917y. aprel na-moyishidan keyin I.D. G’uzorda qamoqqa olinadi. BXSR tuzil- gach, qisqa muddat ma’muriy idoralarda xizmat qiladi. I.D. Buxoroda ko’plab shoirlar- ga, jumladan, Ayniyga ustozlik va homiylik qilgan. Fayzulla Xo’jaev va Ayniy o’zlarining Buxoro inqilo- bi tarixiga bag’ishlangan asarlarida I.D.ning taraqqiyparvarlik faoliya-ti- ga yuksak baho berishgan. Ad.: Ayniy S, Buxoro inqilobi tari- XI uchun materiallar, asarlar, 1-j., T., 1963;’ Xo’jaev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997.