Ikromov Iskandar

Ikromov Iskandar (1904.15.4 -Toshkent — 1972.6.11) — grafik ras- som, kitob grafikasi ustasi. O’zbekiston xalq rassomi (1944). Turkiston rassom- lik maktabida (1922-24), Leningrad Badiiy sanoat texnikumida (1925-29) ta’lim olgan. O’zbekiston davlat na- shriyotida bezak bo’limining mudiri (1929-59), O’zbekiston rassomlar uyush- masi boshqaruvi raisi (1959— 65). 30-y. larda Samarkand ped. texni-kumi va b. bilim yurtlarida dars bergan. I. ijo- dida o’zbek xalq amaliy bezak san’ati (naqsh) an’-analarini rivojlantirib, kitob grafikasida mohirona qo’lladi: V. Uspenskiyning «Farhod va Shirin» musiqali dramasi partituralari (1937), Muqimiy «she’-rlar»i (1938), «O’zbek xalq qo’shiqlari» (1939) va b. Alisher Navoiyning 500 va 525 yilligi munosa- bati b-n sho-Irning «Xamsa», 4 jildli «Xazoyin ul-maoniy» devoni (1959— 60), «Lirika» to’plami (1964), Ibn Sino, Beruniylarning o’zbek va rus tillarida nashr qilingan asarlari, kup jildli «O’zbek xalq musiqasi», Oybekning «na- voiy» romani va b. kitoblarga ish-lagan bezaklarida rassom naqsh detallari- ni kitob g’oyasini ochib berishga xizmat qildirib, kitobat san’atida o’ziga xos badiiy uslub yaratdi. I. bezagan Kito- blar Leypsig sh.da utkazilgan xalqaro kitob kurgazmasida diplom va medal b-n mukofotlangan (1959). I. grafikaga doir ko’pgina qullan- malar yaratgan («O’zbekcha rasm- lik kesma Alifbe», 1932; «rasm o’rganish qullanmasi», «harf yozishni o’rganing»,1935 va b.). Ad.: Krukovskaya S. M., Iskandar Ikramov, T., 1967; kitob naqqoshi, T., 1993.