IKTIN

IKTIN (Iktinos) — yunon me’mori. Miloddan avvalgi 5-asrning 2-yarmida yashab ijod etgan. 447-432 yillarda Parfenonni (Kallikrat bilan hamkorlikda), Afina orolidagi va Elevsindagi Telasterionni qurgan. Iktin loyihasi bilan qurilgan bassdagi Apollon ibodatxonasi (taxminan miloddan avvalgi 430 yil) da Korinf orderi dastlab namoyon bo’lgan. U qurgan doriy va ioniy orderlarining shakllari uyg’unlashtirilgan.