ILDIZ TARALADIGAN QATLAM

ILDIZ TARALADIGAN QATLAM — o’simlik ildiz tarmog’i joylashgan tuproq qatlami. Q.x. da ekiladigan bir yillik o’simliklar ildizining asosiy qismi (80% ga yaqini) haydalma, ba’zan esa haydalma osti qatlam (60-80 sm) da tarqaladi. Shuning uchun beriladigan o’g’itlar faqat haydalma qatlamga solina- Di. Suv berish me’yorlarini hisoblashda g’o’za vegetasiyasining birinchi dav- ri (meva tugishgacha) uchun avtomorf tuproqlarda 70 sm, meva tugish davri uchun esa 100 sm chu-qurlik I.t.q. deb oli- nadi. Dukkakli ekinlardan beda ildizi tuproqqa 7— 10 m va undan ortiq kirib boradi. Meva daraxtlaridan olmaning ildizi qalin qavatli bo’z tuproq erlarda 6 m chuqurlikkacha, tarqalish doirasi esa 12 m dan ortadi, ildiz taralish doirasi shox-shabbalar doirasidan 1,5—2 marta katta bo’ladi.