Ilk kulolchilik buyumlari qachon tayyorlangan edi?
Rosa nam tuproq — loyga istalgan shaklni berish mumkin. Loy bir necha kundan so’ng quriydi va metinga aylanadi. Agar loy quritilgan yoki kuydirilgan bo’lsa, uning tuzilmasi o’zgaradi. Kuydirilgan loydan tayyorlangan buyumlar sopol deb ataladi. Sopol bumlarni o’z navbatida kulolchilik buyumlari deb atashadi. Ilk kulolchilik buyumlari bundan taxminan 10 000 yil muqaddam yasalgan edi. Saqlanayotgan don savatlardagi teshiklar orqali nish chiqarmasligi uchun bu savatlarni ichidan loy bilan suvab qo’yishardi. Ehtimol, kunlardan bir kun o’shanaqa savatlardan biri olovga qulab tushadi. Qamishpoya kuyib ketgan va ilk kulolchilik buyumi tayyor bo’lgan. Kulolchilik buyumlarini uch turga ajratishgan — loydan yasalgan idishlar, sopol buyumlar va chinni buyumlar. Kulolchilik buyumlarining eng oddiy xili — loy idish — loydan tayyorlanadigan va kuydiriladi. U g’alvirak va bora-bora suv o’tkaza boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan odamlar ayrim toshlarni xuddi shishaga o’xshatib eritish mumkinligini bilib olishdi. Toshlar talqon qilinib tuproqqa aralashtiriladi. Bunday tuproqdan yasalgan kulolchilik buyumlari keramika — toshsopol deb ataladi. Keramika buyumlari suv o’tkazmaydi va ulardan olovda taom tayyorlash maqsadida foydalanish mumkin. Tan sulolasi zamonida (618-906 y.y.) xitoyliklar kulolchilik buyumlarining boshqa bir xilini tayyorlashni boshlaydilar. Ular talqon tosh bilan aralashtirilgan maxsus oq tuproqdan tayyorlanar edi. Chinni deb ataluvchi bunday kulolchilik buyumlari pechlarda temirni eritish uchun yetarli bo’lgan haroratda kuydiriladi. Chinni buyumlar nimshaffof (ular orqali yorug’likni ko’rish mumkin) va mustahkam bo’lgan. Miloddan taxminan 3 000 yil avval kulol charxidan foydalanila boshlandi. Kulol loy zuvalasini charxning markaziga qo’ygan. Charx aylanayotgan paytda u loyni barmoqlari bilan bosgancha unga kerakli shaklni bergan. Charxda tayyorlangan tuvaklar har doim dumaloq bo’ladi. Barcha qadimiy — Misr, Eron, Mesopotamiya (Mobaynulbahr) sivilizasiyalarining vakillari bejirim va chiroyli kulolchilik buyumlari yasashgan. Misrliklar serbo’yoq lojuvarddan foydalanishgan. Forslar miloddan 4 000 yil avval ham o’z kulolchilik buyumlariga rasmlar solishgan. Qadimgi yunonlar va rimliklar ham katta sopol vazalar tayyorlashgan. Shunday bo’lsada, juda qadim-qadim zamonlardagi eng chiroyli kulolchilik buyumlarini xitoyliklar yasashga musharraf bo’lishgandi.