Illinoys

Illinoys — AQSh shim. dagi shtat. Markaziy tekisliklarning shim. qismida, Michigan ko’li b-n Ogayo va Missisipi daryolari oralig’ida. Mayd. 146 ming km2. Aholisi 12,5 mln. kishi (2001). Ma’muriy markazi — Spring-Fild sh. Eng katta shahri va iqtisodiy markazi — Chikago. I. dan muhim trans- kontinental yo’llar va AQShning asosiy ichki suv yo’llari o’tgan. I. ning er yuzasi sertepa tekislik (eng baland joyi 378 m). Tuprog’i unumdor kora tuproqsimon. Iqlimi mo»tadil kon-tinental. O’rtacha oylik t-ra -3° dan 25°gacha . Yillik yog’in 800-1000 mm. I. — rivojlangan industrial-agrar shtat, aholisining soni, sanoat va q. x. mahsulotlari i.ch.da AQShda yuqori o’rinlardan birini egallaydi. I. da toshko’mir, neft qazib olinadi. Ma- shinasozlik, metallsozlik, metallurgiya, tikuvchilik, poligrafiya va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Sanoatining etakchi tarmoklari: konchilik, radio- elektronika, elektrotexnika, sanoat va qurilish uskunalari, q.x. asboblari i. ch., vagonsozlik, qora metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, go’sht konservalash. I. hududining 85% i fermerlar qo’lida. Asosiy ekinlari — makkajo’xori va soya, shuningdek, bug’doy, suli, ut xam ekiladi. Tovar mahsulotining yarmini chorvachi- lik beradi.