Ilmen qo’riqxonasi

Ilmen qo’riqxonasi — Jan. Uraldagi barcha tabiiy boyliklarni kompleks ravishda o’rganish ishlari olib boriladigan ilmiy markaz. I. q. o’zining mineralogik boyliklari bo’yicha er sha- ridagi noyob r-nlardan. Rossiyaning Che- lyabinsk viloyati hududida, Jan. Ural- ning Sharqiy yon bag’irlarida joylashgan. Qo’riqxona tarkibiga Ilmen tog’tizma- sining 55 km uzunliqsagi qismi, Kosaya tog’i, Ar-gayash, katta Tatko’l, kichik Kise- gach, katta Miass ko’llari kirgan. Mayd. 30380 ga. 1920 y.da mineralogiya muzeyi sifatida tashkil qilingan. 1935 y.da kompleks qo’rikxonaga o’zgartirilgan. I. q. Jan. Uralga xos bo’lgan mine- rallar va tog’jinslari hamda Ilmen tog’larining flora va faunasini saqlash va o’rganish maqsadida tashkil qilingan. I. q. da laboratoriyalar b-n ta’minlan- gan ilmiy baza faoliyat ko’rsatmoqda. Qo’riqxona hududida olib borilgan i. t. ishlari davomida bu erdan 200 ga yaqin mineral turi (shulardan 11 tasi jahonda il k bor) aniqlangan bo’lib, ularning 30 dan ko’prog’i, jumladan slyuda, topaz, ilmenit, kankrinit, vishnevit, chevki- nit, ishkulit va b. dastlab shu erdan to- pilgan. Qo’riqxonada foydali qazilma konlarining qad. qoldiklari saqlangan. Bu esa tabiiy mineralogiya muzeyi sifa- tida katta ilmiy ahami-yatga ega.