Ilmiy kengash
Ilmiy kengash — ilmiy tadqi qot muassasalari va oliy o’quv yurtlari tarkibida i.t. va o’quv ishlarini tash- kil etuvchi hamda uni bajarili-shini nazorat qiluvchi organ. Uning ishiga direktor (rektor) rahbar (rais) lik qiladi. I.k. kafedra, bo’lim va lab.lar- da olib borilayotgan i.t. ishlari yuzasi- dan hisobotlarni, muassasa xodimlari tomonidan bajarilgan ilmiy asarlar- ni muhokama qiladi, turli mavzularda ilmiy anjumanlar o’tka-zadi, muassa- saning ilmiy yo’nalishi bo’yicha il- miy munozaralar uyushtiradi, kafedra, bo’lim mudirlari, prof.-o’qituvchi va ilmiy xodimlarni lavozimga tasdiqlash bo’yicha tanlovlar o’tkazadi, xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya etadi, shuning- dek, kadrlar malakasini oshirish, o’quv- metodik masalalarni muhokama etadi va h.k. Aspirantura va doktorantura mav- jud bo’lgan hamda fanning ayrim sohalari bo’yicha etarli darajada ilmiy salohiyatga ega oliy o’quv yurtlari va i.t. institutlari qoshida ular bo’ysunadigan vazirliklar yoki O’zbekiston FA tavsi- yasiga ko’ra, O’zbekiston Vazirlar Max- kamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi (OAK) tomonidan nomzod- lik va D-rlik dissertasiyalari himoya qilinadigan maxsus ilmiy ken-gashlar tashkil etiladi. Zarur hollarda fanning ayrim sohalari bo’yicha bir nechta muas- sasa olimlaridan tarkib topgan bir- lashgan I.k. tashkil etilishi mumkin. Bunday I.k.lar tarkibi rahbariyati va himoya qilish mumkin bo’lgan fan ixti- sosliklari soni tav-siyaga ko’ra OAK to- monidan belgilanadi. I.k.lar tarkibida kamida 9, kupi b-n 21 a’zo bo’lishi mum — kin, unda rais, rais muovini va ilmiy kotib bo’ladi.