Ilmiy-yordamchi bibliografiya

Ilmiy-yordamchi bibliografiya — bibliografiya turi; ilmiy va ixtisosli ishlab chiqarish faoliyatiga yordam berishga xizmat qiladi. Alohida xizmat ko’rsatish sohalari bilan uzviy bog’liq, shu tufayli u hamisha aniq kitobxonlar guruhiga ega. Ilmiy-yordamchi bibliografiya mutaxassis, ilmiy xodimlarga ularni qiziqtirgan masalalarga oid adabiyotlar haqida to’liq ma’lumot beradi; zarur hollarda asarning mazmunini ham (annotarsiya, Referat yordamida) yoritib beradi. Ilmiy-yordamchi bibliografiyada bibliografiyaning universal, retrospektiv; tarmoq kundalik yoki retrospektiv; o’lkashunoslik kundalik yoki retrospektiv va boshqalar, shaxsiy Ilmiy-yordamchi bibliografiya turlari jamlanadi.