IMMIGRATSIYA

IMMIGRATSIYA (lot. joylashadigan, ko’chib kirmoq) — boshqa davlatlar fuqarolarining biron mamlakatga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun kelishi. Immigratsiyaga asosan siyosiy va iqtisodiy omillar sabab bo’ladi. Dunyoning immigrantlar boradigan ko’p mamlakatlarida maxsus immigrantlik kvotalari joriy etilgan. Anu shu kvotalar doirasida chet el fuqarolarining har yilgi oqimi tartibga solib turiladi.