Immunodepressantlar

Immunodepressantlar (immunitet va lotincha depressio — susaytirish, bosish), immunodepressorlar, immunosupressorlar — kimyoviy va biologik faol preparatlarning katta bir guruhi. Dezoksiribonuklein kislota (DNK), ribonuklein kislota (RNK) ta’sirida oqsil sintezi va Immunodepressantlar susayadi. Immunodepressantlar antitelolar hosil bo’lishining to’xtashiga olib keladi. Ular sekin ro’y beradigan allergiya, granulemalar hosil bo’lishi bilan davom etadigan yallig’lanish, shuningdek, ko’chirib o’tkazilgan a’zo (masalan, yurak yoki buyrak) va to’qimalarning ko’chib ketish reaktsiyalarini susaytira oladi. Immunodepressantlarning bir xili proliferatsiya (hujayralarning ko’payishi bilan to’qimalarning o’sishi)ga qarshi ta’sir etadi. Bunga alkillovchi preparatlar (tsiklofosfan, xlorbutin, tiofosfamid, Prospadin va boshqalar), antimetabolitlar (6-merkaptopurin, azatiotrin, 5-ftorurasil) va boshqalar o’smaga qarshi antibiotiklar (Masalan, aktinomisin D) va batriden kiradi. Ikkinchi xili limfoid sistemaning funktsiyasini susaytiradi. Bunga antilimfositar zardoblar (hayvonlarni boshqa turdagi hayvon yoki odam limfotsitlari bilan immunlab olingan zardob) va globulin kiradi. Antilimfositar zardoblar hayvonlarni autoimmun kasalliklardan saqlaydi va odamning shunday kasalliklarini bir qadar tuzatadi. Immunodepressantlar kollagenozlar, infektsion (revmatoid) poliartrit, revmatizmning uzluksiz residivlari, qizil volchanka va boshqa kasalliklarni davolashda, a’zolarni ko’chirib o’tkazishda ishlatiladi.