Immunoglobulinlar
Immunoglobulinlar (Ig) -umurtqali hayvonlar va odamning qon zardobidagi antitelolar faolligiga ega bo’lgan globulyar oqsillar guruhi. I. mo- lekulasi ikkita bir xil engil va ikkita bir xil og’ir polipeptid (q. Peptidlar) zanjirlardan iborat bo’lib, ular o’zaro, asosan, disulfid (— S—S—) bog’lar b-n bog’langan. I. ning bunday to’rt zan- jirli tuzilishi davomiy qaytarilib, dimerlar (IgA) yoki pentamerlar (IgM) hosil qilishi mumkin. Har bir poli- peptid zanjir (engil yoki og’ir) ikkita — konstant va variabel qismdam ibo- rat bo’lib, konstant (soon — chetki) qismning aminokislotali ketma-ketli- gi turli I. da juda o’xshash, variable (NH2 — chetki) qismda esa turli I. da turlicha. I. xususiyatlari ularning bitta engil va bitta og’ir zanjirli va- riabel qismdan tuzilgan faol marka- zining fazoviy strukturasiga bog’liq. Ularning boshqa biologik xossalari (plasenta orqali o’tishi, sekretlarga tushishi, to’qimalarda paydo bo’lishi, komplement tizimining faollashuvi yoki biologik faol moddalarning ajra- lishi) molekulyar konstant qismining tuzilishi orqali aniqlangan. Konstant qismlarining tuzilishi va antigen farqiga muvofiq og’ir zanjirlar 5 ta sinfga bo’linadi: u, ts, a, 8, e. Ular ham o’z navbatida I. ning tegishlicha 5 sin- fini hosil qiladi: IgG, IgM, IgA, IgD, IgE. I. limfa hujayralarida sintezla- nadi va immunitet hosil bo’lishida ish- tirok etadi; ular, asosan, qonda, qisman so’lak, o’t, orqa miya suyukligi, siydik, turli sekretlar va b. to’qima suyuklikla- rida bo’ladi. I. ning asosiy effector reaktsiyalari har bir antigenga o’ziga xos antitelolar ishlab chiqish orqali amalga oshadi. Uning bu xususiyatidan tibbiyotda ayrim infektsion kasalliklarni (mas, ko’kyo’talga, stafilokokka qarshi I.) da- volashda foydalaniladi.