IMOMLIK
IMOMLIK, imomat (arab. boshqarmoq) — 1) musulmon teokratik davlatining umumiy nomi. Islom evolyutsiyasi jarayonida Imomlik haqidagi tasavvur ham o’zgarib borgan. Ilk islomda Muhammad (sav) va xalifalar musulmonlar jamoasida ma‘muriy hokimiyat va diniy rahnamo(imom)likni birga qo‗shib olib borgan. Keyinchalik xalifalar hokimiyatida ma‘muriy rahbarlik asosiy o’rin egallagan. Diniy hokimiyat – Imomlik esa nomigagina saqlanib qolgan. Shia mazhabida Imomlik faqat Muhammad (sav) avlodidan bo’lgan (Ali va Fotima avlodlari) shaxsning diniy va ma‘muriy hokimiyati hisoblangan; 2) Dog’iston va Chechenistonda muridlar davlati, XIX asrning 20-yillari oxirida chorizmning mustamlakachilik siyosatiga qarshi Shimoliy Kavkaz xalqlarining kurashi davrida paydo bo’lgan. Imomlari: G’ozi Muhammad (1828-1832), Hamzatbek (1832- 1834), Shomil (1834-1859); 3) namoz vaqtida jamoat oldida turib ibodatni boshqarish, imomlik qilish.