IMPAKTIT

IMPAKTIT (inglizcha impact — zarba, to’qnashish) — meteoritning yerga urilishi va portlashidan erib, keyin qaytadan qotishidan hosil bo’lgan tog’ jinsi. Zich yoki qavariqli shishadan iborat. Impaktitda zarba metamorfizmi belgilari bo’ladi. Kimyoviy tarkibi u hosil bo’lgan dastlabki tog’ jinsining kimyoviy tarkibiga to’g’ri keladi (masalan, gneyslar, qumtoshlar). Impaktitda temirni-Kelli sharchalar, leshatelerit, mas-kelenit, koesit, stishovit, olmos borligi aniqlangan.