Impulsiv mayllar

Impulsiv mayllar – es- hushni va shaxsning hamma xatti- harakatlarini o’ziga bo’ysundiradigan, engib bo’lmaydigan va hech bir asossiz, maqsadsiz intilishlar; vaqt-vaqti b-n to’satdan paydo bo’ladi. I.m. ro’y ber- ganda kishi har qanday sog’lom FIK- rlar (mulohazalar), tasavvurlar va xohishlarni engib ulardan ustunlik qiladi. Bu holatda sodir etilgan xatti- harakatlarni u keyinchalik eslay olmay- Di yoki ayqash-uyqash holda eslashi mum- kin. I.m.ning bir necha turi farqlanadi. Dipsomaniya, mayzadalik — spirt- li ichimliklarga ruju qilish; ular- ni beto’xtov ichaverish. Bunday holat to’satdan boshlanib, bir necha kun va hatto bir necha hafta davom etadi. Bemor birdan ichkilik ichishni to’xtatib qo’yadi, ba’zan undan jirkanadi ham. U ichkilik- ka mukkasidan ketganda ularda dromoma- niya va seksual qo’zg’alishlar (ekstsesslar) kuzatilishi mumkin. Dipsomaniya surun- kali alkogolizmga mubtalo bo’lgan ki- shilargagina xos bo’lmay, balki ko’pgina boshqa kasalliklar, mas, epilepsiyaning affektiv paroksizm ko’rinishidagi holatlarda, psixopatiyalarning ayrim turlarida va shizofreniyada ham uchray- Di. Shu sababli dipsomaniyani simpto- matik alkogolizmning alohida turi deb hisoblash mumkin. Dromomaniya (daydilik) — bemor- ning vaqt-vaqti b-n o’zi yashab turgan joyni tashlab, boshi oqqan tomonga, hech bir maqsadsiz daydib ketishi, tentirab yurishi. U o’qishga, ishga bormay qo’yadi. Bu holat bir necha kun yoki haftalab da- vom etadi. Kliptomaniya — kishining gohida o’g’rilik qilishga intilishi. O’g’rilangan narsalar bemorga mutlaqo keraksiz bo’lishi, hatto uni keyin tashlab yubo- rishi yoki egasiga qaytarib berishi ham mumkin; ayrim ruxiy kasalliklar (shi- zofreniya), qarilikdagi esi pastlik va b.ning bir ko’rinishi sifatida kuzati- ladi. Promaniya — hech bir maqsadsiz to’satdan o’t qo’yish mayli. Bunday kishi- lar o’z uyi yoki boshqa birovning mulkiga hasad b-n qarab, o’t qo’yadi, keyinchalik bu qilgan ishidan pushaymon bo’lib yuradi. Bemorda I.m.ning qaysi turi mavjud- ligidan qat’i nazar, unga sabab bo’lgan asosiy kasallikni mutaxassis vrach da — volaydi.