IMPULSLAR TEXNIKASI
IMPULSLAR TEXNIKASI — elektr impulslarni hosil qilish (gene- rasiyalash), kuchaytirish, o’zgartirish va ulardan foydalanish b-n bog’liq bo’lgan texnika sohasi. Bunday impulslar re- laksasiyalovchi generatorlar (multivi- bratorlar, blokinggeneratorlar va b.) yoki boshqa generatorlar yordamida hosil qilinadi. Impuls rejimda ishlaydigan (elektr signallar uzlukli beriladigan) im-pulsli lampa va yarimo’pgkazgichli asboblar elektr impulslar manbai va kuchaytirgichlari bo’lib xizmat qiladi. Elektr impulslarning turli elektr zanjirlar, qurilmalar va ob’ektlar- ga ta’siridan vujudga keladigan ja- rayonlar ham I. t.da tadqiq qilinadi. I. t.da elektr impulslarining tur- li shakllaridan foydalaniladi. Elektr impulsi — tok yoki kuchlanish impulse qisqa vaqt (x) ichida ta’sir etadi va aniq T vaqt (takrorlanish davri) oralig’ida takrorlanadi. I. t.da qo’llaniladigan impulslar- ning davomiyligi x = 0,1 s dan 1 nano s gacha (1ns = 10~9 s), takrorlanish davri esa T= 10 — 106 x. Impulslar quvvati o’nlab mln. vatt gacha boradi. Impulslar ikkiga bo’linadi: videoimpulslar va radioimpulslar. Video-impulslar — kuchlanish va tokning qisqa vaqt ichi- da noldan maksimumga va maksimumdan nolga tushishi. Radioimpulslar qisqa vaqt ichidagi yuqori chastotali garmo- nik tebranishlar ketma-ketligidan iborat. Impulslar amplitudasini yoki qutbliligini o’zgartirishda impul- sli transformatordan iborat bo’lgan transformator zanjiri qo’llaniladi. Impulsning davomiyligini kamayti- rishda induktivlik g’altagi, elektr kon- densatorlar va rezistorlardan iborat differentsiyalovchi zanjirlardan; oshi- rishda esa tarkibida kondensator va re- zistorli integrasiyalovchi zanjirlardan foydalaniladi. Impulsli rejim televidenieda keng qo’llaniladi: tasvir va sinxron- lash signallari impulsli signallar hisoblanadi. Radioimpulslar yorda- mida masofani o’lchash usullari ishlab chiqilgan; natijada radiolokasiya va ra- dionavigasiya ancha taraqqiy etdi. Uzok- dan turib radioboshqarishda impulsli rejimdan foydalanish ancha samarali hisoblanadi. Er sun’iy yuldoshlarinm, kosmik kemalar va b.ni erdan turib boshqarish mumkin. Axborot-o’lchash tex- nikasida ham impulsli usullarning ahamiyati katta. Zamonaviy electron hisoblash mashinalarining ishi I. t. usullari va vositalariga asoslanadi. I. t. usullari, ayniqsa radioulchash Kuril- malarida juda qo’l keladi. Elektrotexnikaning yuqori (102 V dan 107 V gacha) kuchlanish va kuchli (102o dan 107 a gacha) tok impulslarini hosil qilish, o’lchash va ulardan foydalanish b-n shug’ullanadigan sohasi yuqori kuchla- nishli I.t.deb ataladi. Bunday impul- slar davomiyligi 10~ dan 1SN0 s gacha. Ulardan elektrotexnika apparatlarini sinashda, yashin qaytarish qurilmalarini modellashda, eksperimental fizikada foydalaniladi. Kuchli tok impulsla- ri termoyadro kurilmalarida, zaryadli zarralar tezlatkichlarida, aerodinamik va termoyadro tadqiqotlarida, elektro- texnika kurilmalari va kommutasiya apparatlarini sinash va b. sohalarda ko’llaniladi. Bunday impulslar elektr generatorlar, akkumulyatorlar, konden- sator batareyalari va b. yordamida hosil kilinadi.