INCHUAN

INCHUAN, Ninsya — Xitoyning shimoliy qismidagi shahar. Ninsya-Xuey muxtor rayonining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 943,4 ming kishi (1998). Xuanxe daryosidagi pristan. Sug’oriladigan qishloq xo’jalik rayoni markazida joylashgan; chorva mahsulotlari bozori. Mashinasozlik, kimyo, to’qimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor.