Inchxon, Chemulpo
Inchxon, Chemulpo — Koreya Respu- blikasidagi shahar. Kyongido provin- tsiyasida, sariq dengiz bo’yidagi yirik port, Seul sh. avanporti. Aholisi 2,3 mln. kishi (1995). Transport yo’llari tuguni va yirik sanoat markazi. Mashi- nasozlik va metall ishlash (motorsozlik, kemasozlik, metall buyumlar z-Di), po’lat quyish, neftni qayta ishlash va kimyo korxonalari, to’qimachilik f-kalari, hunarmandchilik ustaxonalari bor. Oyna va chinni buyumlar, azot o’g’itlari ishlab chiqariladi. Hoz. I. o’rnida dastlabki aholi Pun- kta 1-a. da vujudga kelgan. 14-a. oxiridan Koreyaning savdo markazlaridan bo’lgan. Koreyaning chet el savdosi uchun ochilgan dastlabki portlaridan. Xarbin dengiz bazasi. I. gavanida 1904 y.da ruslarning «Varyag» kreyseri cho’ktirib yuborilgan.