INDAUR

INDAUR, Indur — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar, Madhya- Pradesh shtatida. Aholisi 1,2 million kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni va savdo-sanoat markazi. Aeroport bor. Indaurdan Dehli gazlama ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmog’i. Paxta tozalash, oziq-ovqat, metallsozlik va mashinosozlik, kimyo korxonalari bor. O’simliklardan sanoatda foydalanish instituti ochilgan. Indaur 1818-1950 yillarda Indur knyazligining poytaxti, 1950-56 yillarda Madhya-Bharat shtatining ma’muriy markazi bo’lgan.