INDETERMINIZM
INDETERMINIZM (lotincha in– inkor qo’shimchasi va determinizm) — tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarining ob’yektiv sababiy bog’lanishlari (yoki fanda tushuntirib berish mumkinligi) ni inkor etuvchi ta’limot. Inson xulq- atvorini izohlashga kelganda Indeterminizm Irodani mustaqil (avtonom) kuch deb qaraydi, uning mutlaq erkinligini e’tirof etadi.