Indigirka

Indigirka — Sharqiy Sibirning shimoli sharqidagi daryo. Uzunligi 1726 kilometr, havzasining maydoni 360 ming km2. Indigirka Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lib, Sharqiy Sibir dengiziga Delta (maydoni 5,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, elgi; o’ngdan — Nera. Yomg’ir, qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Oktabrda muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan bo’shaydi. O’rtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qo’shilgan joydan (1154 kilometr masofada) kema qatnaydi.